Alonso Vinisiusga ishonadi va Bernabeu yana olqishlaydi

Alonso Vinisiusga ishonadi va Bernabeu yana olqishlaydi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 19-turida “Betis”ga qarshi uchrashuvda muxlislarning bir qismi hushtak chalgan Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis braziliyalik vinger jamoa uchun nihoyatda muhim ekanini ta’kidlab, tribunalar kayfiyati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga ishonch bildirdi.

“Meningcha, Vinisius jamoaga juda katta hissa qo‘shdi. U oxirigacha kurashdi, ayniqsa birinchi bo‘limdagi o‘yini menga yoqdi. Vinisius ‘Real’ uchun doimo fundamental ahamiyatga ega futbolchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Ishonchim komil, ‘Santyago Bernabeu’ hali uni yana olqishlaydi”, — dedi Alonso.

Eslatib o‘tamiz, 4-yanvar kuni “Real” “Betis”ni 5:1 hisobida yirik mag‘lub etdi, biroq Vinisius bu bahsda gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar