date

Alonso Mbappe masalasida seshanbagacha kutishini aytdi

Alonso Mbappe masalasida seshanbagacha kutishini aytdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappening Ispaniya Superkubogi o‘yinlarida maydonga tushishi ehtimolini inkor etmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hujumchi bo‘yicha yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi. Fransuz futbolchi chap tizzasidagi bog‘lamlar cho‘zilishi sabab La Ligadagi «Betis»ga qarshi uchrashuvni (5:1) o‘tkazib yuborgandi. Alonso so‘zlariga ko‘ra, murabbiylar shtabi jamoa Saudiya Arabistoniga uchib ketishidan oldin futbolchining holatini yana bir bor baholamoqchi.

«Mbappe tarkibdan butunlay chiqarib tashlanmagan. Seshanbagacha kutamiz va qaror qilamiz. Hali ham unga imkon qoldiryapmiz», — dedi mutaxassis.

Ispaniya Superkubogida «Atletiko» — «Real» uchrashuvi 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alonso Mbappe masalasida seshanbagacha kutishini aytdi