date

Gvardiola mavsum yakunida Manchester Sitini tark etadi

Gvardiola mavsum yakunida Manchester Sitini tark etadi

Xosep Gvardiola joriy mavsum tugagach, «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Topskills Sport UK xabariga ko‘ra, klub va ispaniyalik mutaxassis hamkorlikni mavsum oxirida yakunlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan. Uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida 1 yanvar kuni «Chelsi»dan bo‘shatilgan Entso Mareska ko‘rilmoqda.

Italiyalik murabbiy «Manchester Siti» falsafasini yaxshi biladi: u avval «shaharliklar»ning yoshlar jamoasida ishlagan, keyin esa Gvardiolaga yordamchi bo‘lgan. Hozircha klub Mareska bilan rasmiy muzokara boshlamagani aytilmoqda, biroq u Gvardiolaning ehtimoliy vorisi sifatida eng asosiy variant bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola mavsum yakunida Manchester Sitini tark etadi