Netser Karlning Real haqidagi orzusini qo'llab-quvvatladi

Germaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubining sobiq yarim himoyachisi Gyunter Netser «Bavariya» himoyachisi Lennart Karlning kelajakda «Real»ga o'tish istagi yuzasidan fikr bildirdi. 17 yoshli iqtidor bu gaplar ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni yopishga majbur bo'lgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Netserning ta'kidlashicha, Madrid klubiga o'tish uchun eng to'g'ri vaqt futbolchining yoshi bilan emas, avvalgi jamoasida ko'rsatgan o'yini bilan belgilanadi. U Bild nashriga bergan intervyusida futbolchi «Real» uchun naqadar foydali bo'la olishini avval maydonda isbotlab berishi kerakligini aytdi.
Shuningdek, Netser Karlni kuchli xarakterga ega, iqtidorli futbolchi sifatida ta'rifladi. Uning fikricha, yosh himoyachi atrofidagi shov-shuvlarga berilib ketmayapti va «Real» haqidagi gaplarni tezkor transfer emas, balki orzu sifatida aytgan. Netser yosh o'yinchilar uchun «Real»ni maqsad qilib olish tabiiy hol ekanini, bu esa jahon futbolining eng yuqori cho'qqisiga intilish belgisi ekanini qo'shimcha qildi.
Lennart Karl joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Ularning 21 tasi asosiy jamoa safida o'tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!