date

Gvardiola Akandji va Reysni yanvarda qaytarmasligini aytdi

Gvardiola Akandji va Reysni yanvarda qaytarmasligini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibdagi muammolarga qaramay, markaziy himoyachilarni ijaradan muddatidan oldin chaqirib olish niyatida emasligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda "Chelsi"ga qarshi o'yinda "shaharliklar" markazda ikki futbolchisidan ayrildi: Ruben Dias taxminan bir oy safdan chiqdi, Yoshko Gvardiol esa mavsum oxirigacha maydonga tusha olmasligi ehtimoli bor.

Shunga qaramay, Gvardiola yanvar transfer oynasida Manuel Akandji va Vitor Reysni ijaradan qaytarish rejasida emasligini ta'kidladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano murabbiyning so'zlarini keltirdi.

30 yoshli shveysariyalik himoyachi hozir "Inter" safida o'ynamoqda, 19 yoshli braziliyalik Reys esa "Jirona"da tajriba to'plamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Akandji va Reysni yanvarda qaytarmasligini aytdi