Simone Indzagi Manchester Yunayted taklifini rad etdi

Milanning “Inter” klubidagi samarali faoliyati bilan tanilgan italiyalik murabbiy Simone Indzagi “Manchester Yunayted” e’tibor markazida bo‘ldi. Bu hafta mankunianlar portugaliyalik Ruben Amorim bilan hamkorlikni yakunlagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, “qizil iblislar” Indzagi bilan muzokara boshlashga urinib ko‘rgan. Biroq mutaxassis hozirgi jamoasi — Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubida qolishni tanladi.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Klub hisobida 31 ochko mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing