Romalik Dovbik jarohat sabab maydonni ko'zda yosh bilan tark etdi

«Roma»ning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik A Seriyasining kechagi «Lechche»ga qarshi bahsida maydonga tushdi. U 60-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi, biroq jarohati tufayli uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dovbik 86-daqiqada yana almashtirildi. Zaxira o'rindig'iga qaytgach, futbolchi ko'z yoshlarini tiya olmadi. Eslatib o'tamiz, u avvalroq jarohat sabab qariyb ikki oy maydondan chetda qolgan edi.
Shunga qaramay, Artyom o'sha o'yinda gol urishga ham ulgurdi. «Bo'rilar» safarda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Joriy mavsum A Seriyada Dovbik 13 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing