Gabriel Paulista Braziliyaga qaytib, klubini o'zgartirishi mumkin

Madridning "Atletiko"si va Londonning "Arsenal"ida to'p surgan Gabriel Paulista Istanbulning "Beshiktosh" klubini tark etdi, deb xabar bermoqda AS jurnalistlari. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, 35 yoshli braziliyalik himoyachi hozir boshqa jamoa bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning faoliyatini Braziliyada davom ettirishi ehtimoli bor.
Paulista Yevropada "Vilyarreal", "Valensiya", "Atletiko" va "Arsenal"dagi o'yinlari orqali tanilgan. Markaziy himoyachi "Beshiktosh" safida 2024 yildan buyon harakat qilgandi va Istanbul klubi bilan birga Turkiya Kubogini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing