date

Massimiliano Allegri qishki Olimpiada ochilishida ishtirok etadi

Massimiliano Allegri qishki Olimpiada ochilishida ishtirok etadi

Fevral oyida Italiyada XXV qishki Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi va musobaqaning asosiy markazlaridan biri Milan shahri bo'ladi. Aynan shu shaharning “Milan” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Olimpiada ochilish marosimida qatnashadi. Bu haqdagi xabar “rossoneri”ning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, Allegri Olimpiya olovi estafetasida ham faxriy ishtirokchi sifatida maydonga chiqadi. Avvalroq Olimpiya o'yinlari matbuot xizmati mash’alani olib o‘tuvchilar orasida taniqli sportchilar ham bo‘lishini bildirgan: sobiq futbolchi Zlatan Ibragimovich, velopoygachi Filippo Ganna, karatechi Luidji Busa va futbolchi ayol Alisha Leman.

Ayni paytda Allegri qo‘l ostidagi “Milan” A Seriya turnir jadvalida 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Massimiliano Allegri qishki Olimpiada ochilishida ishtirok etadi