A Seriyada dekabrning eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi

"Napoli" hujumchisi Rasmus Xyojlunn A Seriyada dekabr oyi yakunlariga ko'ra 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida eng yaxshisi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Verona bilan uchrashuv arafasida daniyalik forvard "Oyining porlayotgan yulduzi" nomli sovrinni qabul qilib oldi. G'olib 23 yoshgacha bo'lgan barcha futbolchilar orasidan tanlab olindi, baholashda esa o'yinchilarning harakatlarini ma'lumotlar asosida tahlil qiladigan maxsus analitik platforma ko'rsatkichlaridan foydalanildi.
Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi "Napoli" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani rasmiylashtirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing