Kazemiro yozda Braziliya chempionatiga qaytishi mumkin

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Braziliyada davom ettirish ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Diyego Firmino xabariga ko‘ra, futbolchini "Palmeyras" safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Braziliya klubi Kazemiro yozda "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etsa, unga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. "Palmeyras"dagilar aynan ikki yillik bitim bir yillik variantga qaraganda futbolchini ko‘proq ishontiradi, deb hisoblamoqda.
Kazemiro 2022 yil yozida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga 70 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 18 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 assist qayd etdi. Transfermarkt portalida braziliyalik futbolchining bahosi 8 million yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!