Xoaan Vaskes Jamoa maydonda borini berdi deydi

Italiya A Seriyasining 19-turida «Jenoa» «Milan»ga qarshi bahsda 1 ochko ishlab oldi. Genualiklar uchrashuvning so'nggi daqiqalarigacha g'alaba uchun kurashib, hatto yutish imkoniyatiga ham ishongan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan so'ng «Jenoa» himoyachisi, meksikalik Xoaan Vaskes jamoa ko'rsatgan xarakter haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, futbolchilar maydonda bor kuchini qoldirgan, buning uchun jasorat va qat'iyat talab qilingan, jamoa esa to'p uchun oxirigacha kurashgan. Vaskes bunday uchrashuvlar jamoa shakllanishi uchun nihoyatda muhim ekanini ta'kidladi.
Hozirda «Jenoa» A Seriya turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. Keyingi turda genualiklar «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing