date

Kurtua Real Barselonani finalda yengishi shartligini aytdi

Kurtua Real Barselonani finalda yengishi shartligini aytdi

Ispaniya Superkubogi yarim finalida Madridning “Real” klubi “Atletiko”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hal qiluvchi bahsda Xabi Alonso jamoasi “Atletik” Bilbaoni musobaqadan chiqarib yuborgan “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Qaymoqranglilar” posboni Tibo Kurtua final oldidan fikr bildirdi.

“O‘tgan mavsumda biz “Barsa”ga qarshi ikki finalda yutqazdik. Endi g‘alaba qozonish vaqti keldi. Bu faqat g‘alabani ko‘zlaydigan ikki kuchli jamoa o‘rtasidagi yaxshi to‘qnashuv bo‘ladi. Hozir esa kuchimizni tiklab olishimiz kerak”, — dedi belgiyalik darvozabon klub matbuot xizmati orqali.

Final uchrashuvi yakshanba kuni, 11-yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua Real Barselonani finalda yengishi shartligini aytdi