date

Vinisius Simeonega aytgan kinoyali so'zlari oshkor bo'ldi

Vinisius Simeonega aytgan kinoyali so'zlari oshkor bo'ldi

Matbuotda «Real» hujumchisi Vinisius Juniorning «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone bilan tortishuvi hanuz qizg'in muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

El Partidazo de COPE xabariga ko'ra, «Atletiko» tomonida Vinisius ehtimoliy penalti talab qilgan paytda raqib zaxira o'rindig'iga qarata masxaraomuz ishoralar qilgani aytilmoqda.

Vaziyatda Simeone braziliyalik futbolchini o'yinga e'tibor qaratishga chaqirgan. Bunga javoban Vinisius kulib: «Xotirjam bo'ling, hozir darvozangizga penalti qo'yishadi», degan.

Uchrashuv yakunida «Real» 2:1 hisobida g'alaba qozonib, Ispaniya Superkubogi finaliga yo'l oldi. Hal qiluvchi o'yinda «qirollik klubi» «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi, final 11-yanvar, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Simeonega aytgan kinoyali so'zlari oshkor bo'ldi