Endrik Real murabbiyi Xabi Alonso haqida fikr bildirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik ijara asosida «Lion»ga o‘tib, jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan ishlash borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 yoshli braziliyalik futbolchi mavsumning ilk yarmida maydonga kam tushganidan so‘ng, klub rahbariyati unga o‘yin amaliyoti to‘plashi uchun ijaraga yuborish qarorini qabul qilgan.
«Men Alonso bilan tez-tez gaplashib turardim. U ko‘plab sovrinlarni yutgan, Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. Undan o‘rganadigan narsalarim ko‘p ekanini bilaman. Shunday insonlar menga yanada kuchliroq bo‘lishimda yordam berishini istayman. Umid qilamanki, bir kun kelib men ham Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘laman», — deya Endrikning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Yosh hujumchining «Lion»dagi ijara shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!