date

Zavrazin AQSH terma jamoasi haqida keskin fikr bildirdi

Zavrazin AQSH terma jamoasi haqida keskin fikr bildirdi

Moskvaning “Spartak” klubida avval bosh direktor bo‘lib ishlagan Yuriy Zavrazin mundial atrofidagi turli gap-so‘zlar, xususan, turnir muddatini ko‘chirish ehtimoli haqida o‘z munosabatini bildirdi. U AQSHdagi vaziyat fonida ayrimlarning “chetlatish” haqidagi bayonotlarini asossiz deb hisoblashini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Jahon chempionati AQSHda olti oydan keyin o‘tadi. Homiylar bor, majburiyatlar bor, milliardlab mablag‘ sarflangan. Buni hamma tushunadi, lekin havaskorlar chetlatish haqida gapiryapti. FIFA ham AQSHning ta’sirida”, — deya Zavrazin so‘zlarini “Sovetskiy sport” nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha Kanada, Meksika va AQSH stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zavrazin AQSH terma jamoasi haqida keskin fikr bildirdi