date

Karvaxal Vinisius El Klasikoda porlaydi deb ishonmoqda

Karvaxal Vinisius El Klasikoda porlaydi deb ishonmoqda

Madridning “Real” jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Daniyel Karvaxal “Barselona”ga qarshi uchrashuv arafasida jamoadoshi Vinisius Junior haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi “El klasiko” yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

“Vinisius? Men u ertangi o‘yinda “Barselona”ga qarshi a’lo darajada harakat qilishiga mutlaqo ishonaman”, — dedi Karvaxal matbuot anjumanida.

Bahs 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. So‘nggi paytlarda Vinisiusning o‘yini tanqid qilinmoqda: braziliyalik yulduz 19 ta uchrashuv ketma-ket gol ura olmayapti.

Superkubok yarim finalida “Real” Madrid derbisida “Atletiko”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karvaxal Vinisius El Klasikoda porlaydi deb ishonmoqda