date

Luis Enrike Dembele shartnomasi bo'yicha mish-mishlarga munosabat bildirdi

Luis Enrike Dembele shartnomasi bo'yicha mish-mishlarga munosabat bildirdi

So'nggi kunlarda matbuotda Usmon Dembele "PSJ" bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmagani, buning uchun ancha yuqori maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Parij klubi bosh murabbiyi Luis Enrike matbuot anjumanida ushbu gap-so'zlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dembele bilan bog'liq ehtimoliy muammo haqidagi savol yangragach, Enrike bir necha soniya jim qoldi va keyin jurnalistlarga bu masalada klub rahbariyatiga murojaat qilishni tavsiya qildi.

"Bu savol sport direktoriga tegishli. Luis Kampush bilan gaplashib, hammasini undan bilib olishingiz mumkin", — dedi Enrike.

"PSJ" 12-yanvar, dushanba kuni Fransiya kubogi 1/16 finalida "Parij" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Dembele shartnomasi bo'yicha mish-mishlarga munosabat bildirdi