date

Pigas Gancharenko bilan Belarus katta turnirga chiqishiga ishonadi

Pigas Gancharenko bilan Belarus katta turnirga chiqishiga ishonadi

«Pari NN» futbolchisi Vadim Pigas Viktor Gancharenkoning Belarus milliy jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlanishini ijobiy baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Gancharenko — juda kuchli murabbiy. Uning terma jamoani qabul qilib olganiga yaxshi munosabat bildirdim. Shaxsan tanish emasmiz, lekin yaqin orada bunday imkon bo‘lishidan umid qilaman», — deya Pigasning so‘zlarini keltiradi «RB Sport».

Futbolchi hamma singari Belarus terma jamoasi ham yirik xalqaro musobaqaga yo‘llanma olishni xohlashini ta’kidladi. Uning fikricha, Gancharenko bu maqsadga erishishda jamoaga yordam bera oladi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus terma jamoasi JCh-2026 saralashida Shotlandiya, Daniya va Gretsiya bilan bir guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, mundialga chiqa olmadi.

Gancharenkoning so‘nggi ish joyi «Pari NN» bo‘lgan. Mutaxassis jamoa pley-off o‘yinlari natijasida RPLdan tushib ketgach, lavozimidan bo‘shatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pigas Gancharenko bilan Belarus katta turnirga chiqishiga ishonadi