date

Spalletti Yuventus ko'plab jihatlarda o'sganini aytdi

Spalletti Yuventus ko'plab jihatlarda o'sganini aytdi

“Yuventus” bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa uning qo'l ostida sezilarli o'sishga erishganini ta'kidladi. Mutaxassis 2025 yil oktyabrida Igor Tudor ishdan bo'shatilgach, turinliklar boshqaruvini qabul qilib olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Spallettining aytishicha, u “Yuventus”dagi ilk o'yinini safarda Kremoneda o'tkazgan paytdan beri tarkib ko'plab yo'nalishlarda oldinga siljigan, biroq zamonaviy futbol talab qiladigan ayrim jihatlar ustida hali ishlash lozim.

Murabbiy, xususan, yo'qotilgan to'pni tezda qaytarib olish (pressing) masalasini alohida tilga oldi. Uning fikricha, tezkor to'pni qaytarib olish nafaqat jamoaga ishonch beradi, balki hujumni to'xtagan nuqtadan darhol davom ettirish imkonini ham yaratadi. Shunga qaramay, Spalletti jamoa umumiy yo'nalishda to'g'ri yo'lda ekanini qayd etdi va turnir jadvalidagi yakuniy o'rin haqida hozirdanoq o'ylashdan ko'ra, navbatdagi vazifaga e'tibor qaratish muhimligini urg'uladi.

Ayni paytda “Yuventus” chempionatda 19 turdan so'ng 36 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam “Inter” hisobida esa 43 ochko bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Yuventus ko'plab jihatlarda o'sganini aytdi