Almeyda oilaviy muxlislar uchun dushanba o'yinlarini tanqid qildi

"Sevilya" bosh murabbiyi Matias Almeyda "Selta"ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniya chempionatining 19-tur bahsi 12 yanvar kuni soat 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Almeyda transfer bozoridagi vaziyat haqida ham to'xtalib o'tdi. Uning aytishicha, yangi futbolchi olish uchun avval sotuvlar bo'lishi kerak, qolgan qarorlar esa klub rahbariyati va sport direktori tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
Murabbiy taqvim masalasida ham fikr bildirdi. U ayniqsa qish faslida dushanba kunlari o'tkaziladigan kechki o'yinlar stadionga keladiganlar soniga salbiy ta'sir qilishini, oilalar uchun bunday vaqt noqulay ekanini ta'kidladi.
Jarohatlar bo'yicha Almeyda Aleksis Sanches mashg'ulotda son qismidan zarba olgani va og'riq sezayotganini ma'lum qildi, biroq u maydonga tushishi kutilmoqda. Shuningdek, murabbiy Ruben Vargas jamoaga qaytganini tasdiqlab, "Yaxshiyamki, u allaqachon shu yerda", dedi.
Ayni paytda "Sevilya" 20 ochko bilan turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. "Selta" esa 26 ochko jamg'argan holda 7-pog'onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!