Spalletti Yuventus yoshlariga ishonch berish muhimligini aytdi

A Seriyada 20-tur doirasidagi so'nggi uchrashuvlarda Turinning «Yuventus» jamoasi «Kremoneze»ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsdan so'ng turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa maydonga katta ishtiyoq va ambitsiya bilan chiqqanini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, bu, ayniqsa, yosh futbolchilar o'z kuchiga ishonishi uchun juda muhim edi.
Spalletti «Yuventus»da ishlashga chanqoq, o'sishga intiladigan va klub darajasiga munosib bo'lish uchun nimalarni qanday qilish kerakligini aniq bilishni xohlaydigan yosh professionallar yig'ilganini ham qayd etdi.
Hozirda Spalletti jamoasi A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda «Yuventus» safarda «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!