date

Tare Manyan Milan loyihasini yoqtirayotgani va qolishni xohlashini aytdi

Tare Manyan Milan loyihasini yoqtirayotgani va qolishni xohlashini aytdi

"Milan"ning sport direktori Igli Tare darvozabon Mayk Manyan atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Avvalroq xabar qilingandek, fransuz posboni klub bilan yangi shartnoma imzolashga juda yaqin, biroq hozircha bu kelishuv rasman e'lon qilinmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tarening ta'kidlashicha, klub va Manyan o'rtasida munosabatlar juda yaxshi: darvozabon "Milan"ning loyihasini ma'qullaydi, jamoani sevadi va qolishni istaydi. "Oxir-oqibat hammasi mantiqan hal bo'ladi", dedi u va Manyan klubning kelajagida muhim bo'g'in bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qildi. Uning so'zlarini La Gazzetta Dello Sport keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Mayk Manyan 2021 yildan buyon "Milan" safida to'p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tare Manyan Milan loyihasini yoqtirayotgani va qolishni xohlashini aytdi