date

Gvardiola Siti o'tgan mavsum faqat bitta sovringa loyiq edi dedi

Gvardiola Siti o'tgan mavsum faqat bitta sovringa loyiq edi dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoaning so'nggi davrdagi sovrinsiz qolayotgani haqida fikr bildirdi. Klub 2024 yildan beri hech qanday kubokni qo'lga kirita olmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, asosiy masala sovrinlar soni emas, balki jamoa qanday o'sayotgani va o'yin sifati. Uning aytishicha, o'tgan mavsumda "Siti" bir tadan ortiq sovrinni yutishga munosib bo'lmagan, chunki jamoa kutilgan darajada o'ynay olmagan.

Gvardiola yaxshi o'yindan olinadigan qoniqish jamoa uchun eng muhim mezon ekanini, muxlislar esa stadiondan zavq olib chiqishi kerakligini qayd etdi. U har bir keyingi uchrashuvda imkon qadar yanada sifatliroq futbol ko'rsatish maqsad ekanini, shu jarayon oxir-oqibat chempionliklar uchun kurash va sovrinlarga olib kelishini qo'shimcha qildi.

Ayni paytda "Manchester Siti" Angliya chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan 6 ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Siti o'tgan mavsum faqat bitta sovringa loyiq edi dedi