Husanov porladi, «Manchester Siti» yarim finalda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi

Husanov porladi, «Manchester Siti» yarim finalda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Manchester Siti»
  • Angliya Liga kubogi yarim finalining dastlabki bahsida safarda «Nyukasl»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
  • Abduqodir Husanov uchrashuv davomida ishonchli o'ynab, “Sofascore” tomonidan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
  • Gollarni 53-daqiqada Semenyo va 90+9-daqiqada Sherki urdi. Javob uchrashuvi 4-fevral kuni «Manchester Siti» maydonida o'tkaziladi.

Angliya Liga kubogi yarim final bosqichining ilk bahsi haqiqiy intriga bilan o‘tdi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" safarda "Nyukasl"ga qarshi o‘ynab, 2:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv muxlislar uchun shiddatli kechdi, ammo maydonda «shaharliklar»ning sovuqqonligi va aniq rejasi ustun keldi.

Bu bahs biz uchun yana bir jihati bilan yodda qoldi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov butun o‘yin davomida ishonchli harakat qildi va himoyada deyarli xato qilmadi. Uning barqaror o‘yini “Sofascore” tomonidan ham yuqori baholanib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Qisqasi, Husanov — bugun jamoaning suyanadigan ustuni ekanini yana bir bor isbotladi.

Ikkinchi bo‘limda «Siti» bosimni yanada kuchaytirdi. 53-daqiqada Semenyo aniq zarba bilan hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. O‘yin so‘nggi daqiqalarida «Nyukasl» hisobni qisqartirishga urinib ko‘rdi, ammo bu foyda bermadi. Aksincha, 90+9-daqiqada maydonga zaxiradan tushgan Sherki hal qiluvchi golni urib, g‘alabaga nuqta qo‘ydi.

Angliya Liga kubogi. Yarimfinal

Nyukasl – Manchester Siti 0:2

Gollar: Semenyo 53, Sherki 90+9

Nyukasl – Poup, Holl, Botman, Miley, Remsi (Tonali, 69), Tiav, Vissa (Voltemade, 69), Gordon (Elanga, 69), Merfi (Barns, 45+2), Gimaraes, Joelinton.

Manchester Siti – Trafford, Nunes (Lyuis, 62), Abduqodir Husanov, Alleyn, Ake, O’Rayli (Rodri, 61), Semenyo, Dok-u (Sherki, 77), Foden (Reynders, 62), Silva, Holand.

Ogohlantirishlar: Joelinton 31, Gimaraes 76 – O’Rayli 31, Nunes 39, Silva 73, Lyuis, 83.

Shu tariqa, birinchi to‘qnashuvda 2:0 hisobida ustunlikka erishgan "Manchester Siti" finalga yo‘l ochib beruvchi juda qulay natijani qo‘lga kiritdi. Endi barcha e’tibor javob uchrashuviga qaratilgan: 4-fevral kuni «Siti» o‘z maydonida ushbu juftlik taqdirini hal qiladi.

Muxlislar uchun esa asosiy xulosa bitta: Husanov kabi ishonchli futbolchilar bilan «shaharliklar»ning kubok orzusi juda real. Davomi yanada qiziq bo‘ladi — popkornni tayyorlab qo‘ying.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar