date

Xabi Alonso ishdan ketishini “galaktikos” madaniyatiga bog‘ladi

Xabi Alonso ishdan ketishini “galaktikos” madaniyatiga bog‘ladi

Dushanba kuni “Real Madrid” rasman Xabi Alonsoni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etganini ma’lum qildi. Ortidan esa ispaniyalik mutaxassisning ketishi atrofidagi yangi tafsilotlar ommaga chiqa boshladi.

“The Athletic” nashrining yozishicha, Ispaniya Superkubogi finalidan keyin Alonso klubning mashg‘ulot bazasiga taklif etilgan. U yerda “qirollik klubi” bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashuv o‘tkazilgan va unda murabbiyga hamkorlik to‘xtatilishi haqida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, Alonso bu qarorni oson qabul qilmagan. U ishdan bo‘shatishni adolatsiz hamda noto‘g‘ri deb hisoblaganini bildirib, qarorga qo‘shilmasligini aytgan. Eng qizig‘i — Alonso ketish sabablaridan biri sifatida klub ichidagi “galaktikos” hokimiyati madaniyatini ko‘rsatgani ta’kidlanmoqda. Ya’ni, jamoa ichida ayrim kuch markazlari va ta’sir doiralari borligi ish jarayoniga salbiy ta’sir qilgan, degan ma’no.

Ma’lumot o‘rnida: Xabi Alonso “qaymoqranglilar”ni 2025 yil 1 iyun kuni qabul qilib olgan edi. Demak, u “Real”da uzoq muddatli loyiha qurishga ulgurmay turib, tez orada eng katta bosim va ichki ziddiyatlar o‘chog‘iga tushib qolgan.

Hozir esa asosiy savol bitta: “Real”da muammo faqat natijadami yoki klub ichidagi muhitda ham? Chunki katta klubda katta nomlar bo‘ladi — lekin katta nomlar bir-biriga rahm qilmaydigan rejimda yashasa, murabbiyga “nafas” qolmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso ishdan ketishini “galaktikos” madaniyatiga bog‘ladi