Dollarning pasayishi UYEFAga zarar keltirdi

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYEFA) 2024/25 yilgi mavsum hisobotida dollar kursining tushishi tashkilotga katta moliyaviy zarar keltirganini ma’lum qildi. Ushbu iqtisodiy va geosiyosiy o‘zgarishlar natijasida UYEFA qariyb 50 million yevro yo‘qotgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, so‘nggi bir necha yil davomida UYEFA qo‘shimcha foyda ko‘rish uchun kuchli dollardan keng foydalangan va valyuta bozorida katta daromadga ega bo‘lgan. Biroq, 2025 yil mart oyida AQSH dollari kursining keskin pasayishi — deyarli 9 foizga zaiflashishi — tashkilot uchun 47 million yevro miqdorida moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan.
UYEFA hisobotiga ko‘ra, ushbu holat iqtisodiy sharoit va bozor o‘zgarishlari, shuningdek global geosiyosiy vaziyat ta’sirida yuz bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!