O‘zbekiston — Xitoy bahsi: chorak finalda hal qiluvchi kun

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogida endi eng qiziq va hal qiluvchi palla boshlandi. Musobaqada chorak final bosqichi qizib ketgan bir paytda, bugun aynan shu stadiyaning so‘nggi bahslari o‘tkaziladi va yarim final ishtirokchilari to‘liq aniq bo‘ladi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi uchun ham navbatdagi imtihon vaqti keldi. Yigitlarimiz bugun Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv nafaqat keyingi bosqich taqdiri, balki jamoaning turnirdagi umumiy ishtiyoqi va ruhiy holatini ham ko‘rsatib beradigan bahs sifatida qaralmoqda.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi. Muxlislar esa ana shu daqiqalardan boshlab ekranlar qarshisida jamoamizdan ishonchli o‘yin, intizom va g‘alaba kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!