Manchester derbisida «Yunayted» g‘alaba qozondi, Husanov porladi (video)

Angliya Premer-ligasining 22-turidagi eng kutilgan to‘qnashuv — Manchester derbisi «Old Trafford»da muxlislarga katta intriga ulashdi. Markaziy bahsda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Manchester Siti»dan ustun kelib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning birinchi qismida ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘ynadi: «Siti» ko‘proq to‘pni nazorat qilishga uringan bo‘lsa, «Yunayted» tezkor qarshi hujumlarga tayanadi. Hisob esa ikkinchi bo‘limda ochildi.
65-daqiqada mezbonlar hujumchisi Mbeumo aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi va tribunalarni “portlatdi”. Goldan so‘ng «Siti» o‘yinni o‘z foydasiga burish uchun oldinga tashlandi, ammo «qizil iblislar» himoyada ham, o‘tishlarda ham juda tartibli harakat qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, 76-daqiqada Dorgu yana bir bor raqibni jazolab, derbining taqdirini amalda hal qildi — 2:0.
Bu bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. U himoya chizig‘ida ishonchli ko‘rindi, duellarda keskinlikni yo‘qotmadi va o‘yin yakunida eng yuqori baholangan futbolchilar qatorida qayd etildi. Derbi kabi bosimli o‘yinda shunday barqarorlik — himoyachi uchun alohida plyus.
Natijaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ochkolarini 35 taga yetkazib, 4-pog‘onaga ko‘tarildi. Pep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» esa 43 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi.
APL. 22-tur
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 2:0
Gollar: Mbemo (64), Dorgu (76).
"Manchester Yunayted": Lammens - Dalot, Maguayr, Martines, Shou (Xeven, 90+1) - Kazemiro (Ugarte, 81), Fernandesh (Maunt, 90+1), Dorgu, Maynu - Diallo, Mbemo (Kunya, 70).
"Manchester Siti": Donnarumma - Lyuis, Husanov, Alleyn (Orayli, 46), Ake - Rodri, Bernardu (Reynders, 80), Semeno, Foden (Cherki, 46) - Dok-u (Ayt-Nuri, 80), Xoland (Mukasa, 80).
Ogohlantirish: Dalot (10), Shou (17), Rodri (45+2), Orayli (48), Lyuis (75).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!