«Bavariya» to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga chiqdi, «Chelsi»da ham g‘alaba (video)

«Bavariya» to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga chiqdi, «Chelsi»da ham g‘alaba (video)

Chempionlar Ligasining 7-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuvi yakunladi. Bu turda “Bavariya” o‘z uyida “Yunion”ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuvdagi ikkita gol ham Xarri Keyn tomonidan kiritildi.

Bavariya — Yunion Sent-Jillua 2:0

Gollar: Keyn (52, 55 penalti).

Foydalanilmagan penalti: Keyn (80).

Bavariya — Noyer, Gerreyru (Devis, 67), Kim, Ta, Bishof, Kimmix (Goretska, 90+2), Pavlovich, Olise (Gnabri, 90+2), Karl (Ito, 67), Dias, Keyn.

Yunion Sent-Jillua — Sxerpen, Halayli, Mak Allister, Berjess, Sayks, Zorgan (Shufs, 82), Van de Perre, Al Haj (Fuseyni, 67), Smit (Leysen, 67), Florush (Patris, 67), Devid (Keyta, 82).

Chetlatish: Kim (63).

Ikkinchi uchrashuv “Chelsi” hamda “Pafos” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuv londonliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsdagi yagona gol 78-daqiqada Kaysedo tomonida kiritildi.

Chelsi — Pafos 1:0

Gol: Kaysedo (78).

Chelsi — Yorgensen (Sanches, 46), Gyusto, Fofana, Badiashil, Hato (Kukurelya, 70), Jeyms (Estevao, 46), Kaysedo, Net-u, Fernandes, Garnacho (Gittens, 70) Delap (Pedro, 70).

Pafos — Gorter, Sema (Langa, 83), Lukassen, Pileas, Bruno, Pepe, Shunich, Jaja (Kina, 65), Orshich (Bassuamina, 83), Dragomir (Mikael 89), Anderson (Dimata, 65).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar