date

Yuventus Seviliyaning o'ng qanot himoyachisini ko'zlamoqda

Yuventus Seviliyaning o'ng qanot himoyachisini ko'zlamoqda

Turinning “Yuventus” klubi “Seviliya” safida to'p surayotgan o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni tarkibga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Janluka Di Marsio ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli futbolchi Per Kalulyuga zaxira sifatida ko'rilmoqda. Bitim “Seviliya” futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa amalga oshishi mumkin. “Yuventus” hozircha to'liq transferni rasmiylashtirishga tayyor emas.

Xuanlu Sanches “Seviliya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning “nervionliklar” bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Seviliyaning o'ng qanot himoyachisini ko'zlamoqda