Gido Rodriges mavsum oxirida Valensiyaga erkin agent bo'lib o'tadi

31 yoshli argentinalik yarim himoyachi Gido Rodriges Londonning “Vest Hem” klubini tark etib, Ispaniya La Ligasiga yo'l oladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tajribali futbolchining navbatdagi manzili “Valensiya” bo'ladi. Rodrigesning “bolg'achilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va “Vest Hem” uni ispan klubiga tekinga qo'yib yuborishga rozi.
Rodriges 2024 yildan buyon ingliz jamoasi safida to'p surib kelmoqda. Joriy mavsum APLda u 6 ta o'yinda qatnashdi, biroq gol yoki assist qayd etmadi.
“Vest Hem” ayni paytda quyi ligaga tushib ketish zonasida. London klubi APL turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing