date

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini belgiladi

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini belgiladi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon tugatishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi amaldagi shartnomasi muddati yakunlanadigan 2027 yil yozida Saudiya klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, aynan o‘sha paytda Ronaldu katta ehtimol bilan butsalarini “mixga iladi”. 5 karra “Oltin to‘p” sohibi 2027 yilga kelib 42 yoshda bo‘ladi.

Ronaldu 2023 yil boshidan buyon «Al-Nasr» safida to‘p surib kelmoqda. Hozir 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 o‘yinda 16 gol urib, to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini belgiladi