Yuventus tarkibni kuchaytirish uchun Emerson Palmieri variantini oʻrganmoqda

Yuventus qanot himoyasini kuchaytirish uchun Marselda to'p surayotgan Emerson Palmieri bo'yicha dastlabki aloqalarni boshladi. 2021-yilgi Yevropa chempioni bo'lgan 32 yoshli futbolchi Andrea Kambiaso va Zeki Cheliki bilan birga chap qanotdagi imkoniyatlarni kengaytirishi mumkin. Turin klubi yozgi transferlar davrida 100 million yevrodan ortiq mablag' sarflagani sababli arzonroq va universal futbolchi izlamoqda.
Italiyaning Yuventus klubi qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida transfer bozorida faol ish olib bormoqda. Turinliklar eʼtibori Marsel safida toʻp surayotgan tajribali himoyachi Emerson Palmieriga qaratilgan boʻlib, tomonlar oʻrtasida dastlabki aloqalar boshlangan. Bu haqda GOAL.com nashri xabar berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlum qilinishicha, Italiya terma jamoasi safida 2021-yilgi Yevropa chempioni boʻlgan 32 yoshli futbolchi jamoaning chap qanotidagi imkoniyatlarni kengaytirishi mumkin. Hozirgi kunda Yuventus tarkibida bu pozitsiyada Andrea Kambiaso va Zeki Cheliki oʻynay oladi, biroq murabbiylar shtabi zaxira variantlarini ham koʻrib chiqmoqda.
Marsel bilan muzokaralar va Di Gregorio masadasi
Turin klubi yozgi transferlar davrida 100 million yevrodan ortiq mablagʻ sarflagani sababli, chap qanot uchun katta mablagʻ talab qilmaydigan arzonroq va universal futbolchi izlamoqda. Shu bois Marselda toʻp surayotgan Emerson Palmieri qulay nomzod sifatida koʻrilmoqda. Fransuz klubi futbolchining yillik maoshidan xalos boʻlishni va yaxshi taklif tushsa uni qoʻyib yuborishga tayyor.Ikki klub oʻrtasidagi muzokaralar faqatgina Emerson Palmieri bilan cheklanib qolmayapti. Manbaga koʻra, mazkur muloqotlar davomida darvozabon Michele Di Gregoriyoning Fransiyaga ehtimoliy transferi ham muhokama qilinmoqda. Guglielmo Vikario Tottenxemdan kelganidan soʻng, zaxirada qolishni istamagan Di Gregorio Velodromda oʻynash variantini maʼqul koʻrmoqda va Monzaning taklifini rad etgan.
Muqobil variantlar
Hozirgi bosqichda muzokaralar hali dastlabki bosqichda boʻlib, aniq kelishuvga erishilmagan. Taʼkidlash joizki, ijara asosidagi ayirboshlash bitimi amalga oshishi uchun Emerson Palmieri Marseldagi shartnomasini uzaytirishi talab etilishi mumkin.Yuventus rahbariyati faqat bitta nomzod bilan cheklanib qolmayapti. Turinliklar transfer oynasining qolgan vaqtida boshqa futbolchilar variantlarini ham diqqat bilan oʻrganib chiqmoqda.






























Izohlar 0
…