Egor Titov Nyukasl Aston Villa bahsida mezbonlarni tanladi

Egor Titov Nyukasl Aston Villa bahsida mezbonlarni tanladi

Angliya Premyer-ligasining 23-turi doirasida «Nyukasl» o'z maydonida birmingemlik «Aston Villa»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Egor Titov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Titovning ta'kidlashicha, «Nyukasl» jismonan ham, ruhiy jihatdan ham yanada tetikroq ko'rinadi va hujum chizig'ida tanlov imkoniyati keng. Shuningdek, u «Aston Villa» safida yarim himoyaning muhim bo'g'ini Jon Makginn o'ynamasligini eslatib, ushbu omil mezbonlar foydasiga ishlashini qayd etdi. Ekspert prognoziga ko'ra, g'alaba «Nyukasl» tomonida bo'ladi.

«Nyukasl» – «Aston Villa» uchrashuvi 25 yanvar kuni soat 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin arafasida «sorokilar» APL jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, mehmonlar uchinchi pog'onada joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar