date

Spalletti va Konte matbuot anjumanlarini bekor qildi

Spalletti va Konte matbuot anjumanlarini bekor qildi

“Yuventus” bosh murabbiyi Luchano Spalletti hamda “Napoli” ustozi Antoni Konte A Seriyaning 22-turidagi o‘zaro uchrashuv oldidan rejalashtirilgan matbuot anjumanlarini o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Spalletti tadbirga atigi ikki soat qolganida jurnalistlar bilan muloqot qilmasligini ma’lum qildi. Kontening bunday qaroriga esa jamoasining Yevropa Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natijasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, bu ikki murabbiyning OAV vakillari bilan o‘yindan oldingi suhbatlarni chetlab o‘tishi ilk bor kuzatilmayapti.

“Yuventus” – “Napoli” uchrashuvi 25-yanvar kuni Turin shahrida bo‘lib o‘tadi va 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. 21-turdan so‘ng “Yuventus” 39 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda, “Napoli” esa 43 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti va Konte matbuot anjumanlarini bekor qildi