date

Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda "Bashakshehir" yirik g‘alabaga erishdi

Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda "Bashakshehir" yirik g‘alabaga erishdi

Turkiya Superligasining 19-turida “Bashakshehir” safarda “Kayserispor”ni ishonchli va yirik hisobda mag‘lub etib, ketma-ket to‘rtinchi bor g‘alaba zavqini his qildi. Istanbulliklar bu bellashuvda ham o‘z o‘yinini nazoratda ushlab, fursati kelganda raqibni jazolay oldi.

Quvonarli tomoni — “Bashakshehir” asosiy tarkibida O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullayev maydonga tushdi. Fayzullayev yarim himoyada 81 daqiqa jon kuydirgan bo‘lsa, Shomurodov uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi va eng muhimi — jamoasining 3-golida hal qiluvchi pas muallifi bo‘ldi. Qisqasi, “bizning” yigitlar maydonda borligini yana bir bor isbotladi.

Uchrashuv taqdiriga kelsak, hisob 35-daqiqada ochildi: Zelke penaltidan aniq zarba yo‘llab, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda “Bashakshehir” bosimni kuchaytirdi va 67-daqiqada Chivelek hisobni yiriklashtirdi. 83-daqiqada esa da Koshta uchinchi golni kiritib, bahsga nuqta qo‘ydi — bu epizodda Shomurodov assistent sifatida qayd etildi.

Natijada Nuri Shahin boshqaruvidagi jamoa ochkolarini 29 taga yetkazib, 6-o‘rindagi pozitsiyasini yanada mustahkamladi. “Kayserispor” esa 15 ochko bilan 16-pog‘onada qolib ketdi — ular uchun vaziyat hali ham xavotirli.

Turkiya Superligasi. 19-tur

Kayserispor — Bashakshehir 0:3

24 yanvar, “Kadir Xas”

Gollar: Zelke (35, penalti), Chivelek (67), da Koshta (83).

"Bashakshehir": Shengezer, Shahiner (Bulut, 46), Duarte, Opoku, Operi, Kemen, Gunesh (Ergun, 81), Fayzullayev (Yildirim, 81), Harit (Brnich, 88), Shomurodov, Zelke (da Koshta, 69).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov assist qayd etgan o‘yinda "Bashakshehir" yirik g‘alabaga erishdi