date

Tyerri Anri «Arsenal» o‘yinini tribunadan kuzatib bormoqda

Tyerri Anri «Arsenal» o‘yinini tribunadan kuzatib bormoqda

APLning 23-turida «Arsenal» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs davom etmoqda. Ikkinchi bo‘limda translyatsiya kamerasi «kanonirlar» afsonasi Tyerri Anrini ham ko‘rsatdi — u «Emirates» tribunalarida londonliklarni qo‘llab-quvvatlab o‘tiribdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anri «Arsenal» safida faoliyati davomida 377 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda fransuz hujumchi 228 ta gol urib, jamoadoshlariga 104 ta golli uzatma bergan.

«Arsenal» — «Manchester Yunayted» uchrashuvining so‘nggi daqiqalarini LiveResult portali orqali matnli translyatsiyada kuzatish mumkin. Hozircha Mikel Arteta jamoasi 1:2 hisobida ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tyerri Anri «Arsenal» o‘yinini tribunadan kuzatib bormoqda