date

Spalletti o'yin ochiq va hujumkor kechganini aytdi

Spalletti o'yin ochiq va hujumkor kechganini aytdi

Italiya A Seriyasining 22-turida Turin «Yuventus» «Napoli» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan keyin Turin jamoasi bosh murabbiyi Lucciano Spalletti natijani baholab, har bir g'alaba uch ochko berishini, biroq bu safar kuchli raqib ustidan qo'lga kiritilgani uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. Mutaxassis futbolchilari yuqori saviyada o'ynay olishini ko'rsatganini aytdi.

Spallettining fikricha, uchrashuv ochiq o'yin ruhida, ko'proq hujumga yo'naltirilgan tarzda o'tgan.

Bu natijadan so'ng «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti o'yin ochiq va hujumkor kechganini aytdi