date

Lill uyida Strasburgga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Lill uyida Strasburgga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Bir necha tur avval “Lill” turnir jadvalida yetakchilar safida borayotgandi, biroq yakshanba kuni jamoa ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bu safar fransuz klubi o‘z maydonida “Strasburg”ga 1:4 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Xoakin Panichelli hisobni ochdi, oradan bir daqiqa o‘tib esa u Xulio Ensisoga golga pas uzatdi — 0:2. Ensiso dubl qayd etish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi: jarima maydonidan yo‘llagan zarbasi nishonga bormadi. Keyinroq Diegu Moreyra darvozabonni ishga soldi, Panichelli esa Martial Godoning uzatmasidan so‘ng bosh bilan to‘pni to‘sin ustuniga tekkizdi.

Ikkinchi bo‘limda ham “Strasburg” ustunlikni saqlab qoldi: Moreyraning xavfli zarbasini himoyachi to‘sib qoldi. 58-daqiqada Moreyra jarima maydonida Godoni topdi va u hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 0:3. 72-daqiqada Godo Ensisoning uzatmasidan dublini rasmiylashtirdi — 0:4. Faqat yakuniy hushtak arafasida Matias Fernandes-Pardo mezbonlar uchun “obro‘” golini urdi — 1:4.

Natijadan so‘ng “Lill” 5-o‘rinda qoldi, “Strasburg” esa 7-pog‘onada bormoqda va raqibidan atigi ikki ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lill uyida Strasburgga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi