date

Arteta Viyeraning tanqidiga munosabat bildirdi

Arteta Viyeraning tanqidiga munosabat bildirdi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Yunayted»ga qarshi 2:3 hisobidagi maglubiyatdan so‘ng sobiq sardor Patrik Viyeraning fikrlariga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Afsonaviy fransuz futbolchi yakshanba kungi uchrashuvdan keyin «kanonirlar»ga ruhiy barqarorlik yetishmayotganini ta’kidlagandi.

Matbuot anjumanida Arteta bu fikrlarni xotirjam qabul qilishini aytdi: «Viyeraning so‘zlari? Muammo yo‘q, har qanday fikrga tayyormiz. Milanda «Inter»ga qarshi o‘yinda a’lo darajada harakat qildik, bugun esa bunday bo‘lmadi. O‘tkazilgan o‘yinlar sonini hisobga olsak, buni psixologik muammo bilan bog‘lash mumkinmi-yo‘qmi, aniq ayta olmayman», — dedi murabbiy.

Maglubiyatga qaramay, «Arsenal» APL turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi. Biroq «Manchester Siti» va «Aston Villa»dan oldingi ustunlik endi yetti emas, to‘rt ochkoga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta Viyeraning tanqidiga munosabat bildirdi