Gilaridi Rim uchun durang mag‘lubiyatdan afzal dedi

A Seriyaning 22-turida “Roma” yakshanba kuni “Milan”ga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Uchrashuvdan keyin rimliklar himoyachisi Daniyele Gilaridi jamoa ko‘rsatgan o‘yinni baholab, durang natijadan qoniqishini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Ko‘p vaziyat yaratdik, ayniqsa birinchi bo‘limda, ammo yakunlashda muammolar bo‘ldi. Durang — bu mag‘lubiyat emas. Albatta, g‘alaba qozonganimizda yanada qiziqroq bo‘lardi”, — dedi Gilaridi forzaroma.info nashriga.
Keyingi turda “Roma” “Udineze”ga qarshi maydonga tushadi. Rim klubi Italiya chempionligini oxirgi bor 2001 yilda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing