Arbeloa Mourinyu boshqaruvidagi Benfika bilan o'yindan umidlarini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan o'z kutilyotgan maqsadlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs Lissabonda umumiy bosqichning so'nggi turi doirasida 28 yanvar, chorshanba kuni bo'lib o'tadi. «Burgutlar»ni hozirda Joze Mourinyu boshqarmoqda — portugaliyalik mutaxassis yaqinda «Real»ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar bilan ham tilga olingandi.
«Bizning vazifamiz — kuchli sakkizlikda yakunlash. «Benfika» stadioni biz, madridchilar uchun har doim alohida ahamiyatga ega bo'lib qoladi», — deya Arbeloaning so'zlarini Madrid Xtra keltirdi.
Eslatib o'tamiz, 2014 yil may oyida Lissabondagi «Eshtadiu da Lush» arenasida «Real» Chempionlar ligasini o'ninchi bor qo'lga kiritib, finalda «Atletiko»ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi. O'sha paytda himoyachi bo'lgan Arbeloa esa finalni zaxira o'rindig'ida o'tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!