date

Manu Kone jarohat sabab uch haftagacha safdan chiqishi mumkin

Manu Kone jarohat sabab uch haftagacha safdan chiqishi mumkin

Avval xabar berganimizdek, “Roma” “Milan”ga qarshi uchrashuvda yo‘qotishlarga uchradi. Ikkinchi taym boshida fransuz yarim himoyachisi Manu Kone jarohat olib, maydonni tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

DAZN ma’lumotiga ko‘ra, futbolchida pay cho‘zilishi aniqlangan. Bu jarohat Koneni kamida uch haftaga safdan chiqarib qo‘yishi ehtimoli bor.

Agar shu prognoz tasdiqlansa, Kone fevral o‘rtalarida “Napoli”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Ungacha rimliklarni “Udineze” va “Kalyari” bilan o‘yinlar ham kutib turibdi.

Hozir “Roma” A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Klub Italiya chempionligini oxirgi bor 2001 yilda qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manu Kone jarohat sabab uch haftagacha safdan chiqishi mumkin