Nant 19-turdan keyin klub uchun antirekord qayd etdi

Fransiya chempionatining 19-turida «Nant» «Nitsa»ga safarda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi — 1:4. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu mag‘lubiyat «kanareykalar» uchun joriy mavsumdagi 11-yo‘qotish bo‘ldi. 19 turdan so‘ng «Nant» turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 14 ochko jamg‘argan.
Bu ko‘rsatkich klub tarixida Fransiya oliy ligasida o‘tkazgan mavsumlari orasida 19 turdan keyingi eng yomon natija sifatida qayd etildi — «Nant» avval hech qachon bu bosqichda bunchalik past ko‘rsatkichga tushmagan.
Hozir jamoa turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda «Nant» 1-fevral kuni safarda «Loryan»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing