Real Vinisius bilan yangi shartnomani yozgacha e'lon qiladi

Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Juni'r bilan yangi shartnoma imzolangani haqida bu yoz bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati startiga qadar rasman xabar berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbol del Sr.Destrangis manbasiga ko'ra, braziliyalik futbolchi bilan kelishuv 2031 yil yozigacha mo'ljallanadi. Shundan so'ng Vinisius "qirollik klubi"dagi maoshlar reytingida faqat Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o'ringa chiqadi. Turli bonuslar ham inobatga olinsa va barcha bandlar bajarilsa, uning daromadi fransuz yulduzining ko'rsatkichlariga yaqinlashishi mumkin.
Vinisius 2018 yilda "Flamengo"dan "Real"ga 45 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha kuchga ega. Joriy mavsumda braziliyalik barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!