Arbeloa Benfika stadioni Real uchun yangi davr boshi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 2014 yilda Chempionlar ligasida qo'lga kiritilgan tarixiy g'alabani yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'sha mavsum finali «Benfika»ning «Eshtadiu da Lush» arenasida bo'lib o'tgan, unda «qirollik klubi» qo'shnisi «Atletiko»ni qo'shimcha bo'limlarda 4:1 hisobida mag'lub etgandi. Bu natija «Real» uchun turnirdagi o'ninchi chempionlik sifatida tarixga kirgan.
Bugun «Real» aynan shu stadionda Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so'nggi turi doirasida «Benfika»ga qarshi maydonga tushadi.
«O'sha final “Real” uchun yangi davrning boshlanishi bo'ldi. Bu klubimiz tarixidagi eng muhim lahzalardan biri. Juda yoqimli xotiralar. Umid qilamanki, bu safar ham bu yerda yana g'alaba qozonamiz», — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!