Arbeloa Real futbolchilarining hozirgi kayfiyatini baholadi

Bugun Madridning «Real» jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turi doirasida «Benfika»ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvoldi matbuot anjumanida jurnalistlar «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloadan futbolchilarning hozirgi ruhiy holati va kayfiyati uni qoniqtiryaptimi, deb so'rashdi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, murabbiylar almashinuvidan oldin jamoada psixologik muammolar kuzatilgan.
Arbeloaning aytishicha, u tayinlanganidan beri ko'rayotgan manzaraga qaraganda, futbolchilar o'zini ayamaydigan darajada fidokorona o'ynashga, qattiq mehnat qilishga va g'alaba uchun kerak bo'ladigan barcha ishlarni bajarishga tayyor. Murabbiy «Real» yanada kuchliroq o'ynashi mumkinligini ham ta'kidlab, buning uchun vaqt va uzluksiz mehnat zarurligini qo'shimcha qildi. Arbeloa oy o'rtalarida Xabi Alonsoning o'rnini egallagan.
«Benfika» – «Real» o'yini 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!