date

Milan darvozasiga 7 ta penalti belgilandi va bu rekord

Milan darvozasiga 7 ta penalti belgilandi va bu rekord

Seriya A doirasidagi so‘nggi uchrashuvida «Milan» «Roma»ga qarshi o‘yinda penalti orqali gol o‘tkazib yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, bu joriy mavsumda «rossoneri» darvozasiga belgilangan allaqachon yettinchi penalti bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu ko‘rsatkich Italiya chempionatining oliy ligasidagi barcha klublar orasida eng yuqorisi hisoblanadi. «Napoli» va «Udineze» darvozasiga 6 tadan penalti qo‘yilgan, turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan «Inter» esa 5 marta penalti zarbasidan gol o‘tkazgan.

Keyingi turda «Milan» «Bolonya»ga qarshi maydonga tushadi. Hozirda jamoa Seriya A jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan darvozasiga 7 ta penalti belgilandi va bu rekord