Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi yetakchiligini tan oldi

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi va Belarus terma jamoasi ekssharafli a'zosi Aleksandr Gleb londonliklarning joriy Chempionlar ligasidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa yetti uchrashuvdan so‘ng 21 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasida bormoqda.
Glebning aytishicha, “Arsenal”ning peshqadamligi tasodif emas: tarkib uzoq vaqtdan beri shakllantirib borilgan, hozir esa jamoa to‘liq uyg‘unlashib ulgurgan. U hozirgi natijalarda kutilmagan jihat ko‘rmayotganini ta'kidladi.
Bugun, 28-yanvar kuni “kanonirlar” Londonda Qozog‘istonning “Qayrat” klubini qabul qiladi. Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-tur uchrashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!